O‘zDJTU xalqaro akkreditatsiya sari navbatdagi muhim qadamni tashlamoqda

O‘zDJTU xalqaro akkreditatsiya sari navbatdagi muhim qadamni tashlamoqda

Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti FIBAA vakili Yuliya Bleshmudt hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muhammad Chariyevich Chutpulatov va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Lochin Rustamovich Zaripov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 



Uchrashuv davomida universitetning xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi muhokama qilinib, o‘z-o‘zini baholash hisoboti (Self-Evaluation Report)ni tayyorlash bo‘yicha zarur tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ekspertlarning universitetga tashrifi hamda akkreditatsiya natijalarini e’lon qilish muddatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, zamonaviy ta’lim muhitini rivojlantirish va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 



Ma’lumot uchun, 30 yildan ortiq tajribaga ega FIBAA bugungi kunda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib, ta’lim sifati va akkreditatsiya sohasidagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi. Meta, Microsoft, IBM va Google kabi yirik kompaniyalarning ta’lim dasturlari ham FIBAA sifat baholash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube