O‘zDJTUda 2026-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbatlar boshlandi

O‘zDJTUda 2026-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbatlar boshlandi

Bugun, 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul doirasida ixtisosliklar bo‘yicha suhbat jarayonlari boshlandi.

Suhbatlar avvalida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabgorlar bilan uchrashib, ularni qutladi. Rektor talabgorlarga ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilab, suhbat jarayonlarida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishlarini, kelgusida ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishlarini ta’kidladi.

Shundan so‘ng ixtisosliklar bo‘yicha suhbat jarayonlari boshlandi. Unda talabgorlarning tanlagan ilmiy yo‘nalishi, tadqiqot mavzusi, ilmiy salohiyati va mustaqil ilmiy izlanish olib borishga tayyorgarligi ko‘rib chiqilmoqda.

 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube