O‘zDJTUda generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi

O‘zDJTUda generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi

Bugun, 13-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va jarayonlarni avtomatlashtirish” mavzusidagi o‘quv kursi boshlandi. Darslarni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi.

 


Ikki oy davom etadigan mazkur kurs universitet dekan o‘rinbosarlari va ilmiy bo‘lim xodimlarining generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan kasbiy faoliyatda samarali, xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. O‘quv dasturi doirasida ChatGPT, Gemini, Claude, NotebookLM va Perplexity kabi sun’iy intellekt vositalari, samarali so‘rovlar (promptlar) tuzish, axborotlarni tahlil qilish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda raqamli mahsulotlar yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
 


Kurs davomida tinglovchilar sun’iy intellekt yordamida kundalik ish jarayonlarini takomillashtirish, Google Sheets va Google Docs bilan ishlashni avtomatlashtirish, Telegram botlar yaratish hamda o‘z g‘oyalarini minimal ishlaydigan mahsulot (MVP) darajasiga olib chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Mashg‘ulotlar nazariy tushuntirishlar, amaliy topshiriqlar va individual loyihalar asosida olib boriladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube