Bugun OʻzDJTUda Jazoirning Al-Vadiy universitetida tahsil olib qaytgan talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev, Arab tili kafedrasi mudiri K. Qodirova va Jazoirga tahsil olib qaytgan talabalar ishtirok etdi.

Talabalar xorijda olgan bilimlari va orttirgan tajribalari bilan boʻlishdi.

 Maʼlumot uchun: Talabalar 2023-yil 8-oktyabrdan 2024-yil 3-fevralga qadar Al-Vadiy universitetida arab tili boʻyicha til malakalarini oshirdi. Jazoir tomonidan tashkil etilgan bepul oʻquv kurslari va yotoqxona bilan taʼminlandi. Jazoirning Al-Vadiy universitetida boʻlgan talabalar uchun universitet rektori Omar Ferxati, Jazoir Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vaziri, Moliya vaziri hamda Iqtisodiyot va kichik korxonalarni rivojlantirish vazirlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. 

Shuningdek, Jazoirning diqqatga sazovor joylariga tashriflar va madaniy tadbirlarda ishtirok etishdi. Talabalar amaliyot davrida Oʻzbekiston Konstitutsiya kuniga bagʻishlab videoroliklar tayyorlashdi va namoyish etishdi.

2024-02-06 04-18

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi