O‘zDJTUda ozarbayjonlik o‘qituvchilar bilan samarali uchrashuv o‘tkazildi

2025-yil 25-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tili birinchi fakultetida faoliyat yuritayotgan 4 nafar ozarbayjonlik o‘qituvchi bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, ingliz tili birinchi fakulteti dekani G. Ergasheva, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri D. Jo‘rayev hamda Ingliz tili integrallashgan kursi №1 kafedrasi mudiri M. G‘ulomova ishtirok etdi.

Davra suhbatida universitet va talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, talabalarining chet tilini o‘zlashtirish jarayoni, shuningdek, o‘qituvchilarda yuzaga kelayotgan masalalar va takliflar muhokama qilindi.

Ozarbayjonlik o‘qituvchilar talabalarining chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va intilishini e’tirof etib, universitet tomonidan yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube