O‘ZDJTUDA REKTOR VA XORIJIY TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘ZDJTUDA REKTOR VA XORIJIY TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning xorijiy talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati vakillari hamda xorijiy talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan masalalar, ularning taklif va murojaatlari muhokama qilindi. Universitet rahbariyati vakillari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning savollariga javob berib, bildirilgan takliflar yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Muloqot davomida xorijiy talabalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning fikr va tashabbuslarini o‘rganish hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiziqtirgan masalalarni bevosita muhokama qilish imkonini berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube