O‘zDJTUda Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

3-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi tomonidan “Tilshunoslikda antroposentrizm: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Tadbir offline va online tarzda o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti va Qo‘qon davlat universiteti professorlari ishtirok etdi. Ular zamonaviy tilshunoslikda antroposentrik yondashuvning dolzarbligi, til va inson omilining o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, tilning kognitiv, pragmatik va lingvomadaniy jihatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

 

 

Ma’ruzachilar antroposentrizm asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, til va tafakkur munosabati, madaniy kodlar hamda diskurs tahliliga oid masalalar bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Anjuman yakunida tilshunoslikda inson markazli yondashuvni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube