O‘zDJTUda seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2026-yil 24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Davlat xaridlari va moliyaviy-iqtisodiyotda huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining fan doktori S. Turabov ishtirok etib, moliya-iqtisod yo‘nalishiga aloqador rahbar va xodimlarga sohaga oid muhim tushunchalar, amaldagi tartiblar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mavzu yuzasidan ochiq muloqot va fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jamoatchilik nazorati a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Amaliyotchi: Ergasheva Shaxnoza Abdujabbor qizi AXJA 2201 guruh 4-bosqich talabasi