OʻzDJTUda “Siyosiy inqirozlar sotsiologiyasi” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

 

 4-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosiy fanlar kafedrasi tomonidan “Siyosiy inqirozlar sotsiologiyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 Tadbirda OʻzMU professori, sotsiologiya fanlari doktori Xolbekov A. J. ishtirok etib, sotsiologiya va siyosatshunoslik yoʻnalishining 2-kurs talabalari uchun ma’ruza oʻqidi.

 Ma’ruza davomida siyosiy inqirozlarning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy va siyosiy oqibatlari, hamda ularni tahlil qilishning sotsiologik yondashuvlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

 

 Seminar-trening talabalar uchun qiziqarli va interaktiv ruhda oʻtib, ularning siyosiy jarayonlarga ilmiy nuqtayi nazardan yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube