O‘zDJTUda talaba-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
15-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova tomonidan Roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich talaba-qizlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning universitet hayotidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘qish jarayoni va yashash sharoitlariga oid masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, ma’naviy-axloqiy muhit, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati hamda milliy qadriyatlarga sodiqlik yuzasidan tavsiyalar berildi.
Muloqot yakunida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, ayrim muammolar yuzasidan esa aniq choralar belgilandi.