O‘zDJTUda talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus shtablar faoliyati davom etmoqda
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ularning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va zarur amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyatini davom ettirmoqda.
Maxsus shtablarga yotoqxona masalasida murojaat qilayotgan talabalar va ularning ota-onalariga joylashtirish tartibi, mavjud imkoniyatlar hamda zarur jarayonlar bo‘yicha tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Talabalarni munosib kutib olish va ularning turar joy bilan bog‘liq murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida universitetning mas’ul xodimlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda boshqa xodimlardan iborat ishchi guruhlar faol ishtirok etmoqda.
Mazkur ishlar yangi o‘quv yili arafasida talabalar uchun qulay sharoit yaratish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va turar joy bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
2026-08-18 03-56