O‘zDJTUda talabalarni turar joy bilan ta’minlash jarayonlari nazoratda
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyati davom etmoqda.
Bugun O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar bilan birgalikda maxsus shtab faoliyati va talabalarni turar joy bilan ta’minlash jarayonlari bilan tanishdi.
Shtabda talabalar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarni qabul qilish, yotoqxonaga joylashtirish tartibi bo‘yicha tushuntirish berish hamda turar joy masalalarini hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, shtab faoliyati davomida talabalar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa yangi o‘quv yili arafasida talabalar va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.
Jarayon davomida rektor tomonidan shtab faoliyatini samarali tashkil etish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur ishlar talabalarni yangi o‘quv yilida munosib kutib olish va ularning turar joy bilan bog‘liq masalalarini imkon qadar tezkor hal etishga qaratilgan.
2026-08-22 04-56