PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

7-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Israilova Ilona Xalitovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Tibbiyot OTM talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetentsiyasini autentik seriallar asosida takomillashtirishning modeli (“Doktor Xaus” seriali misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

 

Himoya jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar hamda Ilmiy kengash a’zolari ishtirok etishdi. Muhokama davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va natijalarning amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube