Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia boshlig‘i o‘rinbosari Qahramon Xudoyberganov hamda Uchtepa tumani IIO FMB 1-IIB boshlig‘i, mayor A.A. Turayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, xavfsiz hayot tarzini shakllantirish hamda yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga huquqiy bilimlarni mustahkamlash, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va ularning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, real hayotiy misollar asosida tushuntirishlar olib borildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘z savollari bilan faol ishtirok etdilar hamda mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar.
Mazkur uchrashuv yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.