RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchisi M. Daliyeva faoliyatiga oid turli ma’lumotlar tarqalmoqda.
Universitet mas’ul xodimlari tomonidan ushbu holat o‘rganildi. Aniqlanishicha, u rahbarlik qilayotgan kafedra qisqa muddatda sezilarli yutuqlarga erishgan. Jumladan, talabalar orasida xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lganlar soni bir yil ichida 30 foizdan 65 foizga oshgan. Bugungi kunda kafedra natijadorligi 95 foizni tashkil etib, universitet ichki reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi.
Kafedraning ilmiy salohiyati 33 foizga yetgan, 20 dan ortiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar xorijiy oliygohlarda malaka oshirib qaytgan.
O‘rganishlar natijasida M. Daliyeva faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi. Tarqatilgan ma’lumotlar esa asosga ega emasligi tasdiqlandi.
Universitet faoliyati ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib boriladi, talaba va xodimlarning huquqlari esa qonun bilan to‘liq kafolatlanadi.