Rektor 5-Talabalar turar joyida — bir kecha talabalar bilan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida 5-Talabalar turar joyida bir kecha davomida qolib, talabalar bilan bevosita muloqot qildi.

Suhbat jarayonida talabalar kundalik hayotdagi muammolar va yashash sharoitlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Rektor ularni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalar yuzasidan joyida tegishli choralar ko‘rilishini ta’minladi hamda mas’ullarga aniq vazifalar yukladi.

Mazkur tashrif davomida talabalar turar joyidagi muhit yaqindan o‘rganildi, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha muhim jihatlar belgilab olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube