Rektor talabalar turar joyida bir kecha davomida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida talabalar turar joyida bir kecha davomida bo‘ldi. U bu tashrif davomida talabalar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazib, samimiy suhbatlar olib bordi.

Mazkur tashabbus doirasida Gulxan tashkil etilib, talabalar o‘z ijodlarini gulxan atrofida namoyish qilishdi , shuningdek, turar joydagi hayot va faoliyatlarini boshqalar bilan baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uchrashuv davomida talabalar kundalik muammo va ehtiyojlarini, yashash sharoitlarini rektorga yetkazdi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi, shuningdek, joyida hal qilinishi mumkin bo‘lgan masalalarni belgiladi. Bu tashrif orqali talabalar turar joyidagi sharoitlarni yaxshilash va talabalarning farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar rejalashtirilmoqda.
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi talabalar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish va universitet hayotidagi muammolarni tezkor hal etishga qaratilgan.
