15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori 4–5-talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida talabalar turar joyidagi yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari, isitish tizimlari hamda talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Rektor talabalar bilan suhbatlashib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan, sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida qiziqdi hamda bu boradagi taklif va fikrlarini tingladi. Talabalar sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini olib borishi uchun mavjud infratuzilmani yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng bino isitish tizimi ham atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan muammolar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.