SERGELI TUMANIDAGI 277-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRİŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI OÇILDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan umumta’lim maktablari öquvçilarining xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning bilim va amaliy könikmalarini rivojlantiriş hamda zamonaviy ta’lim metodikalarini keng joriy etiş maqsadida «Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan» şiori ostida amalga oşirilayotgan taşabbus doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
21-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazi Sergeli tumanidagi 277-umumta’lim maktabida ham tantanali ravişda oçildi.
Tadbirda universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boşçiligidagi universitet rahbariyati vakillari hamda Toşkent şahar Sergeli tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi rahbari Avaz Karimjanoviç Mamadjanov iştirok etdi.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov markazning oçiliş marosimida sözga çiqib, xorijiy tillarni örganişning bugungi kundagi ahamiyati, öquvçilarning til bilimi va muloqot könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etiş hamda maktab va universitet örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş haqida fikr bildirdi. Markaz faoliyati öquvçilarga xorijiy tillarni çuqur örganiş va olgan bilimlarini amaliyotda qöllaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi ta’kidlandi.
Şuningdek, 277-umumta’lim maktabi direktori Nilufar Musinaliyevna Yunusova markazning oçilişi maktab öquvçilari uçun yangi imkoniyatlar yaratişi, xorijiy tillarni örganiş samaradorligini oşirişi va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondaşuvlarni olib kirişdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Tantanali marosim davomida mehmonlar ramziy lentani kesib, yangi ta’mirlangan va zamonaviy jihozlangan öquv xonasi bilan tanişdilar. Şundan söng maktab va universitetdan jalb etilgan volontyorlar bilan tanişuv suhbati taşkil etildi. Volontyorlar öz faoliyatlari, öquv rejalari hamda xorijiy tillarni örgatişda qöllaniladigan innovatsion metodikalar haqida ma’lumot berdilar.
Markaz faoliyatini rivojlantiriş va öquvçilarning bilim olişi uçun qöşimça şaroit yaratiş maqsadida universitet tomonidan maktabga zamonaviy xalqaro öquv adabiyotlari, işçi daftarlari va innovatsion qöllanmalardan iborat kitoblar töplami sovğa qilindi. Uşbu adabiyotlar öquvçilarning bilim doirasini kengaytiriş, mustaqil ta’lim olişini qöllab-quvvatlaş hamda xorijiy tillarni özlaştirişiga kömaklaşişga qaratilgan.
Sergeli tumanidagi 277-maktabda markazning oçilişi maktab va oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi hamda ularning kelajakdagi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan taşabbusning navbatdagi bosqiçi böldi.
2026-10-21 07-30