Sharq tillarini o‘rganishda muammo va yechimlar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tavsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2025-yil 26-apreldagi 199/11-08-son buyrug‘i asosida Sharq filologiyasi fakultetida “Zamonaviy sharq tillarini o‘rganishda qiyinchiliklar, muammo va yechimlar” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Tadbirni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yusupov Otabek Yakubovich ochib berib, sharq tillarini chuqur o‘rganishda dolzarb muammolarni ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish va ularning yechimlarini izlash bugungi kun ta’limi oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Konferensiyada Sharq filologiyasi fakulteti dekani Djurayev Dilshod Mamadiyarovich, dekan o‘rinbosari J.Turobov hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda fakultet talabalari o‘zlarining dolzarb mavzulardagi ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar. Jumladan:
Rustamova Ruhshona Otabek qizi (FKOR-2211) – “Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali sharq tillarini o‘rganish”
Abdullayev Umid Bayonovich (FYAPK-2310) – “Challenges and solutions in learning modern eastern languages”
Xushmatova Mahliyo Bahodir qizi (FYAPK-2310) – “Zamonaviy chet tillarini o‘rganishning ahamiyati va turli usullari”
Axtamova Aziza Otabek qizi (FKOR-2413) – “Koreys tilini o‘rganishda zamonaviy metodlar, innovatsion yondashuvlar va istiqbollar”
Ibadullayeva Mumtozbegim Islom qizi (FKOR-2414) – “Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali sharq tillarini o‘rgatish”
Tadbir yakunida fakultet dekani Djurayev Dilshod Mamadiyarovich ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan talabalarga sertifikatlar topshirdi.