Siyosiy-ma’rifat soatlari O‘zDJTUda davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan belgilangan dastur asosida tashkil etildi.
Ma’rifat soatida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etib, talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar borasida batafsil ma’lumot berdilar.
Bugungi ma’rifiy soatda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• mamlakatimiz va xorijdagi so‘nggi yangiliklar;
• ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi xabarlar;
• mahalla tizimi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar;
• mutolaa va tavsiyalar;
• “qonun doirasida” ruknida tushuntirishlar;
• ekspert fikrlari;
• rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmalari;
• psixologik maslahatlar;
• ijtimoiy rolik va ko‘rgazmali lavhalar namoyishi.
Talabalar, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqaro maydondagi yutuqlari va dolzarb voqealar aks etgan videomateriallarni ham tomosha qildilar.
Ma’lumot uchun: Siyosiy-ma’rifat soatlarining asosiy maqsadi — yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, ularning siyosiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishdir.