“Sport kuni” — sog‘lom hayot sari yana bir qadam!
Prezident topshirig‘iga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommaviy sportni keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida haftaning bir kuni “Sport kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu tashabbus doirasida navbatdagi sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Bugun universitet xodimlari ishtirokida bir qator sport bellashuvlari o‘tkazildi. Xususan, erkaklar o‘rtasida futbol bo‘yicha qizg‘in o‘yinlar tashkil etilib, jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Ayol xodimalar esa voleybol musobaqalarida faol ishtirok etib, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Shuningdek, universitet xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka, stol tennisi bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda barcha rahbariyat vakillari faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Musobaqalar davomida ko‘tarinki ruh, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat hukm surib, ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishdan iborat.