4-oktyabr kuni O‘zDJTUda 2024/2025-o‘quv yilida o‘quv jarayonining tashkil etilganlik holati, mavjud muammolar va yechimini hal qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Universitet talabalar bo‘limi boshlig‘i, ofis registrator xizmatlari bo‘limi xodimi, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlari, HEMIS axborot tizimi bo‘yicha yetakchi mutaxassislari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha hisobchi ishtirokida o‘tkazilgan majlis o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Yu.Azzamov tomonidan olib borildi.
Majlisda 2024/2025-o‘quv yili o‘quv jarayoning to‘g‘ri tashkil etilganligi, HEMIS axborot tizimidagi mavjud muammolar, akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘qishni tashkil etish jarayonlari, stipendiya va kursdan kursga o‘tkazish buyruqlari, talabalar davomati va boshqa o‘quv jarayoniga oid masalalar muhokama qilindi.