TALABALAR BILAN PROFILAKTIK DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5-talabalar turar joyida talabalar bilan profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitet profilaktika inspektori M. Nurmuxamedova hamda IPMBIB psixologi Sh. Bo‘stonova ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarning ma’naviy-ruhiy barqarorligini mustahkamlash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, turli zararli g‘oyalar va axborot xurujlarining salbiy ta’siridan himoyalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, universitetning ichki tartib-qoidalari, Ustav talablari va “Odob-axloq” qoidalariga rioya etish, o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatni his qilish, jamoada sog‘lom psixologik muhitni saqlash hamda o‘zaro hurmat tamoyillariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Mazkur uchrashuv talabalarning huquqiy va psixologik madaniyatini oshirish, axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
2026-09-18 12-39