Kecha 31-oktabr kuni 20:00 da OʻzDJTU 7-TTJga Tarjimonlik fakultetining dekani, dekan muovinlari va tutorlar   talabalarning turar joyidagi taklif va fikrlarini oʻrganish, sharoitlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. 

 Talabalar turar joyida istiqomat qilib kelayotgan fakultetining talabalari bilan oʻquv xonasida uchrashib, suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida, talabalarga oʻqish davrida hamda yotoqxonada intizomli boʻlish, universitet va fakultet ichki qoidalariga rioya qilish va bir-birlariga oʻzaro mehr-oqibatli boʻlish tavsiya qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube