Talabalar turar joyida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi

Talabalar turar joyida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika katta inspektori, mayor Sherboyev Sanjar tomonidan 2-talabalar turar joyida 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalarga TTJning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash, belgilangan qoidalarga amal qilish hamda turar joyda xavfsizlik talablariga e’tibor qaratish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalarni TTJda o‘zaro hurmat va tartib-intizomga rioya qilgan holda yashashga chaqirildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube