TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Ta’lim va ilm-fan vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Ulugovich Kasimov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoitlari va ular uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Tashrif davomida turar joyning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, issiq va sovuq suv ta’minoti, gaz plitalarining sozligi hamda tarbiyachi-pedagoglar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning kundalik ehtiyojlari, yashash sharoitlari va mavjud qulayliklar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Savol-javoblar davomida talabalarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, turar joydagi mavjud imkoniyatlarni o‘rganish va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik holatini baholashdan iborat.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube