Talabalar turar joylari yangi o‘quv yiliga tayyor!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha talabalar turar joylarida 2026–2027-o‘quv yilini munosib kutib olish uchun zarur ishlar yakuniga yetkazildi.
Talabalar yashashi uchun mo‘ljallangan xonalar, umumiy foydalanish hududlari, oshxona va dam olish joylari tartibga keltirilib, yangi o‘quv yiliga tayyor holatga olib kelindi.
TTJlarda talabalarning yashashi, dam olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Endi talabalar turar joylari yangi o‘quv yilida talabalarni iliq kutib olishga shay!
Yangi o‘quv yili — yangi manzil, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar!