TALABALAR YASHASH SHAROITI O‘RGANILDI
Bugun, 2025-yil 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet jamoasi vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Jurjoniy” mahallasida yashayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Tashrif davomida rektor Ilxomjon Tuxtasinov ijara xonadonlariga kirib, talabalarning yashash sharoitlari, turmush tarzlari va xavfsizlik holati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi – talabalar bilan bevosita muloqot qilish, ularning yashash muhitini o‘rganish va dolzarb muammolarni joyida hal etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.