Ta’lim sifati mutaxassislari Malayziyada malaka oshirmoqda
O‘zbekiston 15 ta oliygohining ta’lim sifatini ta’minlash yo‘nalishiga mas’ul mutaxassislari Malayziya Malaka agentligi (MQA) tomonidan tashkil etilgan “MQA Internship Programme 2026” xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur tinglovchilarning akademik boshqaruv, ichki sifat ta’minoti, xalqaro akkreditatsiya hamda ta’lim dasturlarini baholash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirishga qaratilgan.
Malaka oshirish doirasida tinglovchilar Malayziyaning yetakchi oliygohlari – University of Malaya (QS reytingida 56-o‘rin) va Taylor’s University (QS reytingida 272-o‘rin) universitetlariga tashrif buyurib, ularda sifatni ta’minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or amaliyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2026-06-25 11-35