20-fevral kuni O’zDJTUda Muvofiqlashtiruvchi kengash qoshidagi ixtisoslik kengashida doktaranturada tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini ko’rib chiqish, muhokama qilish, tahlil qilish va tasdiqlash bo’yicha 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Tolibjonovna Axmedova raisligida a’zolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi o’ziga xos ahamiyati haqida so’z ketdi va kerakli mulohazalar berildi.

Unda O’zDJTU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limining mustaqil tadqiqotchilik yo’nalishiga hujjat topshirayotgan tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida o’z mavzularini muhokamadan o’tkazdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube