Tarjimonlik fakultetida bitiruv malakaviy ishlar himoyasi bo‘lib o‘tdi

18-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov, fakultet dekani, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.

 Himoya jarayonida talabalarning tadqiqot mavzulari dolzarbligi, ilmiy-innovatsion yondashuvlari, izlanish metodlari va erishilgan natijalari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ilmiy yondashuvga berilgan baholar ochiq e’lon qilindi.

 Ushbu jarayon bitiruvchilar uchun mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikmalarini namoyish etish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube