Odilov Baxodir Baxtiyarovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
MEHNAT FAOLIYATI:
1985-1986 yy. - Samarqand viloyati Urgut tumani Navoiy nomli fermer xoʻjaligi ishchisi
1986-1988 yy. - Armiya safida xizmat qilgan.
1990-1991 yy. - Samarqand davlat universiteti tayyorlov kursi tinglovchisi
1991-1996 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
1996-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi
2005-2006 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi oʻqituvchisi
2006-2011 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi mudiri
2011-2012 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi fakulteti dekani
2012-2013 yy. - Samarqand viloyat pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash til va adabiyot taʼlimi kafedrasi dotsenti, qayta tayyorlov fakulteti dekani
2013-2014 yy. - Jizzax davlat pedagogika instituti xorijiy tillar fakulteti dekani
2014-2015 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi
2015-2016 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi mudiri
2016-2021 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani
2021-2022 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri.
2022-2023 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti Qoʻshma taʼlim dasturlari fakulteti dekani.
2023-2023 yy. - Toshkent shahar nodavlat Perfest universiteti pedagogika-psixologiya kafedrasi dotsenti.
2023-2024 yy. - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi
2024-y. - h.v. - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri