Ismatova Shaxnoza Miraxmatovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz tili integrallashgan kursi №1” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar, 2023-yil 14-sentabrdan boshlab, u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shaxnoza Ismatova 1978-yil 23-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — ingliz tili va adabiyoti. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida turli kafedralarda o‘qituvchi, katta o‘qituvchi hamda tayanch doktorant sifatida faoliyat yuritgan.
Shaxnoza Miraxmatovnani yangi mas’uliyatli lavozimi bilan tabriklaymiz va faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
MEHNAT FAOLIYATI
1995–1999 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
1999–2001 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi.
2002–2004 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili leksikologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi.
2004–2006 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili fonetikasi va fonologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi.
2006–2013 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili og‘zaki va yozma nutq amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
2013–2017 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.
2017–2019 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili integrallashgan kursi №2 kafedrasi o‘qituvchisi.
2019-yil — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2” kafedrasi o‘qituvchisi.
2020–2022 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti.
2023-yil — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2023-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘i.