Tayinlov

Yaxshiyeva Mehrinigor Shavkatovna yangi lavozimga tayinlandi

Yaxshiyeva Mehrinigor Shavkatovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mehrinigor Yaxshiyeva 1994-yil 27-mayda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini, 2019-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati davomida Jizzax davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida katta o‘qituvchi hamda dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida Mehrinigor Yaxshiyevaga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

2009–2012 yy. — Jizzax tibbiyot kolleji talabasi.

2013–2017 yy. — Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya va madaniyati fakulteti, xotin-qizlar jismoniy tarbiyasi yo‘nalishi talabasi.

2017–2019 yy. — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti.

2019–2020 yy. — Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi.

2020–2025 yy. — Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.

2025–2026 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2026-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi (PhD).

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube