Raximova Gulsanam Ashirbekovna yangi lavozimga tayinlandi
Raximova Gulsanam Ashirbekovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Fransuz filologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Fransuz tili nazariy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Gulsanam Raximova 1980-yil 22-oktabrda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2006-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — lingvistika (fransuz tili).
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Fransuz, rus va ingliz tillarini biladi.
Mehnat faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchisi va dotsent, O‘zDJTUda esa dotsent hamda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yangi lavozimida Gulsanam Raximovaga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!
MEHNAT FAOLIYATI
2001–2004 yy. — Samarqand viloyati Jomboy tumani 38-sonli to‘liqsiz o‘rta maktab fransuz tili o‘qituvchisi.
2004–2006 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti.
2006–2009 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspiranti.
2009–2010 yy. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili tarjimashunosligi kafedrasi laboranti.
2010–2014 yy. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi.
2014–2016 yy. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi.
2016–2018 yy. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2018–2020 yy. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tili kafedrasi mudiri v.b.
2020-yil — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2020-yil avgust–dekabr — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi.
2020–2021 yy. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti.
2021–2023 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti.
2023-yil fevral – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri v.b.