Tayinlov

Teshabayeva Dilfuza Muminovna yangi lavozimga tayinlandi

Teshabayeva Dilfuza Muminovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Media va kommunikatsiya” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u universitetning “Medialingvistika va kommunikatsiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Dilfuza Teshabayeva 1966-yil 15-mayda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1990-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini, 2000-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Uzoq yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida universitetning turli kafedralarida o‘qituvchi, dotsent va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida Dilfuza Teshabayevaga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

1984–1994 yy. — Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani 37-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi.

1994–1998 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspirantura bo‘limi katta ilmiy xodimi.

1999–2001 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ommaviy axborot vositalari tili va uslubi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2002–2004 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ommaviy axborot vositalari tili va uslubi kafedrasi doktoranti.

2004–2009 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ommaviy axborot vositalari tili va uslubi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2009–2010 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ommaviy axborot vositalari tili va uslubi kafedrasi dotsenti.

2010–2013 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Madaniyatlararo aloqalar, tahrir va adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti.

2013–2017 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti va adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri.

2017–2021 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinchi chet tilini intensiv o‘qitish kafedrasi mudiri.

2021-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi mudiri.

So`nggi yangiliklar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube