Turamuratova Iroda Ilxombayevna yangi lavozimga tayinlandi
Turamuratova Iroda Ilxombayevna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ispan filologiyasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Iroda Ilxombayevna 2004-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2006-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, Ispaniyaning Komplutense de Madrid universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi — lingvistika (ispan tili). Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent hamda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yangi lavozimdagi faoliyatida Iroda Ilxombayevnaga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!
MEHNAT FAOLIYATI
2000–2004 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalavriat talabasi.
2004–2006 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi.
2008–2010 yy. — Ispaniyaning Madrid Komplutense universiteti magistratura talabasi.
2006–2011 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti stajyor-tadqiqotchisi, izlanuvchisi; o‘rindoshlik asosida “Ispan tili yuqori kurslar” kafedrasi o‘qituvchisi.
2011–2013 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
2013–2016 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
2019–2021 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
2021–2022 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.
2022–2023 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2023-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent.