Turkiyada xalqaro loyiha doirasidagi uchrashuv va tashriflar davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi “Qadimiy so‘z izida: Turkiya–O‘zbekiston til va adabiyoti mutaxassislar almashinuvi dasturi” doirasida Turkiyada faol ishtirok etmoqda.
Dastur davomida 2026-yil 16-aprel kuni Qahramanmaraş Sütçü İmam universiteti (KSÜ) Fan va san’at fakulteti dekani, professor Orhan Do‘g‘an bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, universitetning Turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Kemal Temur bilan ham uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro esdalik sovg‘alari almashildi.
Bundan tashqari, O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri E. Moydinova, dotsent Dj. Shabanov, katta o‘qituvchilar D. Axmedjanova va N. Abdurahimova Qahramanmaraş – Dulkadiroğlu Hoca Ahmet Yesevi Anadolu Imom Xatip litseyiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun seminar-treninglar o‘tkazdilar.
Mazkur loyiha doirasidagi uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda.