2024-yil 15-may kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov AQShning Arizona universitetidan 16-may-9-iyun kunlari tashkillashtiriladigan "Yozgi lager"da ishtirok etish uchun tashrif buyurayotgan mazkur universitet talabalari guruhi rahbari, "Yevroosiyo tadqiqotlari markazi" direktori Luidmila Klimanovani qabul qildi.

Muloqot chog'ida dasturning tashkiliy masalalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. L. Klimanova yaratib berilayotgan sharoitlardan mamnun ekanligini ta'kidlab, AQShning ilmiy tadqiqot sohasidagi yetakchi Arizona universiteti bilan turli jamg'armalar va tashkilotlar mablag'lari hisobiga ingliz tili o'qituvchilarini malakasini oshirish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish mumkinligini yatib o'tdi.

I.Tuxtasinov darslik va o'quv qo'llanmalarini yangilash maqsadida hammualliflikda o'quv adabiyotlari yaratish imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha takliflar berdi.

 

2024-05-16 04-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi