Umumta’lim maktablari bilan hamkorlik samarali davom etmoqda
2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi o‘qituvchisi Juraboyeva Gulmira tomonidan Toshkent shahridagi 104-sonli umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchilari uchun master-klass tashkil etildi.
Mazkur master-klass “Ways to Improve 11th Grade Pupils’ Learning and Motivation” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar atroflicha yoritildi:
• o‘quvchilarda ichki motivatsiyani shakllantirish usullari;
• zamonaviy interaktiv metodlar (debate, role-play, project-based learning);
• individual yondashuv va differensial ta’lim tamoyillari;
• baholashning zamonaviy usullari (formative assessment, samarali feedback berish);
• raqamli vositalardan foydalanish (Quizlet, Kahoot, Canva va boshqalar).
Master-klass jarayonida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, quyidagi xulosalarga kelishdi:
• o‘quvchilarning motivatsiyasi o‘qituvchining pedagogik yondashuviga bevosita bog‘liq;
• interaktiv metodlar dars samaradorligini sezilarli darajada oshiradi;
• rag‘batlantiruvchi va ijobiy ta’lim muhitini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi;
• har bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini hisobga olish zarur.
Mazkur master-klass o‘qituvchilar uchun amaliy va metodik jihatdan foydali bo‘lib, unda ilgari surilgan tavsiyalar kelgusida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi