“UNIVERSIADA-2024” sport musobaqalarida OʻzDJTU jamoasi gʻalaba qozondi! 

 5-6 fevral kunlari “Dzyudo federatsiyasi” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “UNIVERSIADA-2024” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi musobaqada ajoyib natijalarga erishib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egallagan “O‘zDJTU” terma jamoasi Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

 

 

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube