Universitet madhiyasi — yuksak ruh va ezgu maqsadlar sadosi!
Bir necha oylardan buyon davom etib kelayotgan ijodiy va fidokorona mehnat o‘zining yorqin natijasini bermoqda. Universitet madhiyasini yaratish va sahnalashtirish jarayoni bugun tarixiy bosqichga ko‘tarilib, muhim sahifani ochdi. Bu jarayon universitet hayotida unutilmas voqea, ma’naviy meros va tarixiy qadamlardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Bugun madhiyaning ilk ijrosi talabalar xor jamoasi tomonidan katta ishtiyoq va faxr bilan namoyish etildi. Har bir misrasida ilmga sadoqat, ustozlarga hurmat, Vatanga muhabbat va kelajakka ishonch mujassam bo‘lgan ushbu asar universitetimizning ezgu qadriyatlarini tarannum etadi.
Talabalarimizning bir ovozda, bir yurakda kuylagan madhiyasi bu nafaqat qo‘shiq, balki universitet sha’ni, birlik ruhi va buyuk kelajak sari intilish timsolidir. Uning yangrashi bilan yana bir tarixiy sahifa bitildi.
Mazkur ezgu tashabbusning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida jarayonga boshchilik qilgan Guli Ergashevaning hissasi alohida e’tirofga loyiq. Uning tashabbuskorligi, fidoyiligi va mas’uliyatli yondashuvi natijasida ushbu muhim loyiha yuksak saviyada tashkil etildi.
