2023-yil 8-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarni obod qilish va aholi bandligini oshirish masalalari bo‘yicha o’tkazgan yig’ilishida quyosh panellarini o‘rnatish masalasiga alohida toʻxtalib, muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish barchamiz uchun manfaatli bo‘lishini bildirgan edi.

Shu asnoda, bugungi kunda barcha oliy taʼlim muassasalarida quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining asosiy oʻquv binolari tom qismiga quyosh panellari o‘rnatildi.

2022-yil Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona OOO “SOLAR NATURE” bilan quvvati 120kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha elektron kooperatsiya portali orqali lot № 22311008137500 bo‘yicha № 0137500 25.09.2022 yil 1mlrd 150 mln. so‘mlik shartnoma tuzildi.

Ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari bilan quyosh fotoelektr panellarini o‘rnatish, ishga tushirish hamda loyiha smeta xujjatlari bo'yicha birgalikda ishlar olib borildi va universitetning G9A mavzesi, Kichik halqa yo‘li 21-uy manzilidagi yangi o‘quv ma’muriy binosida 2-o‘quv binosi tom qismida 226 dona quyosh panellari o‘rnatildi va ishga tushirildi. 2023-yil 13-martda OOO “SOLAR NATURE” bilan quvvati 180kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha elektron kooperatsiya portali orqali lot № 2331111008163776 bo‘yicha № 0167776 sonli 1 mlrd. 926 mln. so‘mlik shartnoma tuzildi va 180kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda o‘rnatildi va ishga tushirildi.

Quyosh panellari “XET”AJ tarmoqlariga ulangan va Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritilgan.

2023-yil davomida 2 chorakda 420 kVt va 3 chorakda 600 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda budjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan o‘rnatib ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shu kunga qadar universitetda o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyasidan 86000 kVt/soat ya’ni (68 mln so‘m) elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Misol: (1 oylik ) May oyida universitet extiyoji 200000 kVt bo‘lib may oyining 23 kuniga 33800 kVt quyosh fotoelektr stansiyasidan olindi. O‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali universitetning 1 oylik elektr enargiyasiga bo‘lgan extiyoji 17% qoplandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube