“Vazir kubogi” arafasida tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Erta tongdan mazkur tadbir doirasida yana bir qator oliy ta’lim muassasalari vakillari yetib keldi. Jumladan, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-qizlar jamoalari O‘zDJTU mas’ullari tomonidan samimiy kutib olinib, universitetning 6-sonli talabalar turar joyiga joylashtirildi.
Ayni paytda boshqa jamoalarni kutib olish jarayonlari ham davom etmoqda. Musobaqa ishtirokchilari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilib, tashkiliy ishlar yuqori saviyada olib borilmoqda.
