17-may kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetiga Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova tashabbusi bilan ASIE Xalqaro birdamlik va ta’lim tashkiloti Xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi asoschisi va markaziy ko‘mak administratori Alen Payen hamda Xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi hamkor asoschisi  Emmanuyel Dyufur tashrif buyurdi.

Mehmonlarni fakultet dekani X. Xakimov kutib oldi va ularni samimiy qutladi. Mehmonlar Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalariga Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4, 6 va 14-maqsadlari bo'yicha seminar-trening tashkil qilishdi.

Tashrif davomida mehmonlar fakultet iqtidorli talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda talabalar tomonidan o'zbek va fransuz kuy-qo'shiqlar, hamda milliy raqs ijro etildi. Shuningdek, talabalar taqdimotlar orqali turli mavzularni fransuz tilida keng yoritib berdi.

Tashrif 2024-yil yanvar oyida ushbu tashkilot bilan imzolangan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etildi.

2024-05-20 04-27

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi