30-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Yaponiyaning Vakayama universiteti delegatsiyasi tashrif buyurgani va rahbariyat vakillari bilan uchrashuv tashkil qilingani haqida xabar bergan edik. (https://t.me/UzSWLU/29205)
Mazkur uchrashuv doirasida Yaponiya universitetidan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish uchun Sharq filologiyasi fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasi talabalari tomonidan badiiy chiqishlar tashkil qilindi.
Uchrashuvning ushbu badiiy qismida OʻzDJTUning iste’dodli talabalari notiqlik san’ati chiqishlari, yapon va oʻzbek milliy raqslari, yapon va oʻzbek tillaridagi kuy-qoʻshiqlarni mohirona ijro etib, oʻz qobiliyatlarini namoyish qilishdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu tadbir Sharq filologiyasi fakulteti talabalari uchun o'z bilim va mahoratlarini ko'rsatish imkoniyatini yaratdi, shuningdek, Yaponiya universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi.