Xalqaro hamkorlik
13-mart kuni Uchinchi Tojikiston–O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Sadriddin Ayni nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida O‘zDJTU vakillari universitet talabalari tomonidan tayyorlangan suratlar hamda hunarmandchilik, kashtachilik mahsulotlari namunalari, iqtidorli yoshlarning ishlari va professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari bilan tanishdilar.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Tojikiston davlat pedagogika universiteti muzeyida bo‘lib, ushbu oliygohning tarixi va bugungi faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni tomosha qildilar.

Shundan so‘ng delegatsiya forum bo‘lib o‘tadigan Rus filologiyasi fakulteti anjumanlar zaliga yetib kelib, ishtirokchilar ro‘yxatidan o‘tdilar.