Xalqaro hamkorlik doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida xalqaro hamkorlik doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xitoy Texnologiya universitetining 6 nafar professor-o‘qituvchisi hamda 56 nafar talabadan iborat san’at jamoasi ishtirok etdi. Mehmonlar tomonidan xor ijrosi, shuningdek, turli cholg‘u asboblarida musiqiy asarlar ijro etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Tadbir davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, talabalar o‘rtasida o‘zaro tajriba va madaniy qadriyatlar almashinuvini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda universitet Xalqaro aloqalar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i H. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev hamda Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Xakimova ishtirok etdi.
Mazkur tadbir xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalar o‘rtasida madaniy muloqotni rivojlantirish va turli xalqlarning san’at hamda an’analarini o‘zaro targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
