XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSLARINING AMALIY BOSQICHI BOSHLANDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslarining navbatdagi muhim bosqichi boshlandi. Ikki haftaga mo‘ljallangan mazkur kurslarning bevosita tarmoq markazida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

 

 

Ushbu bosqichda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasining M.Kozybayev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti, Meta University hamda Qirg‘iziston Respublikasining Qirg‘iziston Xalqaro universitetidan xorijiy mutaxassislar Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Qo‘shni respublikalardan kelgan 17 nafar tinglovchi mashg‘ulotlar davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodikalar bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ilmiy hamda pedagogik bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Darslar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgani o‘quv jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.

Mazkur kurslar xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Tarmoq markazida bunday hamkorlik loyihalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube